Foydalanish shartlari
Linkva platformasidan foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish sanasi: 01.07.2026
1. Umumiy qoidalar
Mazkur shartlar Linkva platformasidan foydalanish tartibini belgilaydi. Platformada ro'yxatdan o'tish yoki xizmatlardan foydalanish orqali siz ushbu Foydalanish shartlarini o'qib chiqqaningizni, tushunganingizni va ularga amal qilishga roziligingizni tasdiqlaysiz.
2. Platforma xizmatlari
Linkva reklama beruvchilar (brendlar) va influencerlarni bog'lovchi platforma bo'lib, kampaniyalarni tashkil etish, influencerlarni tanlash va kontent samaradorligini kuzatish xizmatlarini taqdim etadi. Platforma doirasidagi to'lovlar «Rahmat» to'lov tizimi orqali amalga oshiriladi.
3. Foydalanuvchi majburiyatlari
Foydalanuvchi:
- To'g'ri va haqiqiy ma'lumot taqdim etishi;
- Ijtimoiy tarmoqlarda faol va haqiqiy akkountga ega bo'lishi;
- Platformadan qonuniy maqsadlarda foydalanishi;
- Boshqa foydalanuvchilar huquqlarini buzmasligi kerak.
4. Taqiqlangan harakatlar
- Ko'rsatkichlarni sun'iy oshirish uchun botlardan foydalanish;
- Mualliflik huquqini buzuvchi kontent joylashtirish;
- Boshqa foydalanuvchilar ma'lumotlariga ruxsatsiz kirishga urinish.
5. Intellektual mulk
Platformadagi dizayn, matnlar, logotiplar va boshqa materiallar Linkva mulki hisoblanadi. Kampaniya doirasida tayyorlangan kontent influencer tomonidan o'z ijtimoiy tarmoq akkauntida mustaqil ravishda e'lon qilinadi.
6. Mas'uliyatni cheklash
Xizmat «shundayligicha» (as is) taqdim etiladi. Linkva uchinchi tomon ijtimoiy tarmoqlardagi texnik uzilishlar, aloqa nosozliklari yoki akkountingiz bloklanishi uchun javobgar bo'lmaydi.
Bog'lanish
Shartlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, huquqiy bo'limimizga murojaat qiling:
legal@linkva.uz

