Linkva

Maxfiylik siyosati

Linkva platformasi maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish sanasi: 01.07.2026

Mazkur Maxfiylik siyosati Linkva platformasidan («biz», «bizning» yoki «Platforma») foydalanuvchilar va reklama beruvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yig'ish, saqlash va qayta ishlash tartibini belgilaydi.

1. Ma'lumotlarni yig'ish

Platforma quyidagi ma'lumotlarni yig'ishi mumkin:

  • Ism va familiya;
  • Telefon raqami;
  • Elektron pochta manzili;
  • Ijtimoiy tarmoq profil ma'lumotlari (akkount nomi, obunachilar soni);
  • Kampaniya va post statistikasi hamda samaradorlik ko'rsatkichlari;
  • To'lovlar bilan bog'liq ma'lumotlar (to'lov «Rahmat» to'lov tizimi orqali amalga oshiriladi);
  • Platformadan foydalanish statistikasi.

2. Ma'lumotlardan foydalanish

Yig'ilgan ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Reklama beruvchilarga profilingizni ko'rsatish;
  • Kampaniyalarni qabul qilish va buyurtmalar bajarilishini tasdiqlash;
  • Hamkor brendlar uchun kontent samaradorligini tahlil qilish;
  • Xizmat sifatini yaxshilash va texnik xavfsizlikni ta'minlash.

Biz hech qachon ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga sotmaymiz.

3. Ma'lumotlarni himoya qilish

Barcha ma'lumotlar SSL/TLS xavfsiz protokoli orqali uzatiladi. Kirish tokenlari shifrlangan holda saqlanadi. Linkva foydalanuvchilarning ma'lumotlarini ruxsatsiz kirish, o'zgartirish yoki tarqatilishdan himoya qilish uchun zarur choralarni ko'radi.

4. Uchinchi shaxslar

Foydalanuvchilarning ma'lumotlari qonunchilik talablaridan tashqari hollarda uchinchi shaxslarga berilmaydi. Reklama beruvchilarga faqat kampaniya doirasida zarur bo'lgan profil ma'lumotlari ko'rsatiladi.

To'lovlarni amalga oshirish uchun zarur ma'lumotlar «Rahmat» to'lov tizimiga uzatiladi. Bunday ma'lumotlar «Rahmat» tizimining maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi. To'lov karta rekvizitlari Linkva serverlarida saqlanmaydi.

5. Ma'lumotlarni o'chirish

Biz ma'lumotlaringizni o'chirishning oddiy usulini taqdim etamiz:

  1. Linkva ilovasida profilingiz sozlamalariga o'ting.
  2. «Akkount va ma'lumotlarni o'chirish» tugmasini bosing.
  3. Amalni tasdiqlang. Barcha ma'lumotlaringiz bazamizdan darhol o'chiriladi.

6. Bog'lanish

Savollar bo'lsa yoki ma'lumotlarni qo'lda o'chirishni so'ramoqchi bo'lsangiz:

support@linkva.uz